2025 yilda bezgakka qarshi kurash uchun AQSh tomonidan ajratiladigan mablag‘lar tugashi sababli dunyo bo‘ylab 107 mingga yaqin odam halok bo‘lishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus ma’lum qildi.
"So‘nggi yigirma yil ichida Qo‘shma Shtatlar bezgakka qarshi kurashda eng yirik ikki tomonlama donorga aylandi va bu taxminan 2,2 milliard kasallik va 12,7 million o‘limning oldini olishga yordam berdi. Agar moliyalashtirishda uzilishlar davom etsa, bu yilning o‘zida biz yana 15 million bezgak kasalligi va 107 ming o‘limni ko‘rishimiz mumkin, bu esa o‘n besh yillik taraqqiyotni yo‘q qiladi" - dedi Gebreyesus Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda.