Madridning “Real” klubi yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa tarkibi yana kamida ikki nafar o‘yinchi bilan kuchaytirilishiga umid qilmoqda. “Qaymoqranglilar” Denzel Dyumfris, Ibraima Konate va Bernardu Silva bilan shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lishgan, biroq bu bilan to‘xtab qolishmoqchi emas.
ESPN nashrining xabariga ko‘ra, Mourinyo jamoada yana ikki nafar himoyachi — chap qanot va markaziy himoyachini ko‘rishni istamoqda. “Qirollik klubi” munosib variantlarni izlash ustida ish olib bormoqda.
Joze Mourinyo oradan 13 yil o‘tib rasman “Real”ga qaytdi. O‘tgan mavsumda u “Benfika” klubini boshqargan edi. Madrid grandi yakunlangan mavsumni sovrinsiz yakunladi. La Ligada poytaxt jamoasi “Barselona”dan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.