Bugun 23 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Joriy yilning 15 aprelidan pedagog kadrlar uchun malaka sinovlari boshlanadi

Joriy yilning 15 aprelidan pedagog kadrlar uchun malaka sinovlari boshlanadi

AOKAda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2023 yilgi yakuniy sarhisob hamda joriy yilda vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestasiyadan o‘tkazish jarayonlari haqida ma’lumot berildi:

🟢Malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi va 100 ballik tizimda baholanadi.

🟢Birinchi bosqichda – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi (80 ball), ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratini (20 ball) baholash tartibi joriy qilinmoqda.

🟢Har ikkala bosqich ham kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda pedagoglarning mutaxassislik fani bo‘yicha 35 ta hamda kasbiy standartlariga oid 5 ta test savollari, ikkinchi bosqichida esa pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida 10 ta savol-topshiriq beriladi.

🟢Toifa berish jarayonlariga tashqi aralashuvning oldi olinib, inson omili minimallashtirilgan.

🟢2025 yil 1 yanvarga qadar malaka toifalarini berish tizimini vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditasiyasidan o‘tkazish orqali pedagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

🟢Bunda xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan
70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.

🟢Attestasiya natijasiga ko‘ra pedagog kadrlarning oylik ish haqlariga kiritiladigan o‘zgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun UzASBO yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlariga yuboriladi.

Kiritildi: 15:27 01.04.2024. O'qildi: 1363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!