Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Joriy yilda 1 394 ta iste’molchi tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Joriy yilda 1 394 ta iste’molchi tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Joriy yilning shu vaqtiga qadar o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 1 394 ta iste’molchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish hamda qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.

Shu asosda 118,8 million kub metr tabiiy gaz (294,8 milliard so‘m) va 197,1 million kilovatt-soat elektr energiyasidan (327,5 milliard so‘m) noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu orqali davlat manfaatlariga jami 622,4 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

1️⃣ Misol uchun, 2023–2025 yillarda avtotransportlarga gaz quyish kompressor shoxobchalarida o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirlari natijasida jami 182 ta holatda 457,8 million kub metr, ya’ni qiymati 755,2 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari qayd etilgan.

Ma’lumot uchun: 457,8 million kub metr tabiiy gaz 91 419 ta xonadonning yillik iste’moliga tengdir.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Kiritildi: 20:55 17.07.2025. O'qildi: 260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!