Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jo Bayden 81 yoshda

Jo Bayden 81 yoshda

Amerika prezidenti Jo Bayden Oq uy an’anasiga ko‘ra o‘zining 81 yoshini nishonlamoqda – bugun Shukrona kuni munosabati bilan kurkatovuqlar avf etildi. Bu haqda Kazinform agentligi Associated Pressga tayanib xabar beradi.

Dushanba kuni Oq uyga Shukrona kuni uchun ikkita kurkatovuq yetkazib berildi. U yerda J.Bayden parrandalarni bu bayramda kimningdir kechki ovqatiga aylanish qismatidan “qutqardi”.

Bu an’ana mamlakatda 1947 yilda boshlangan. O‘shanda Milliy kurkatovuq federasiyasi AQSh prezidenti Garri Trumenga birinchi Shukrona kuni kurkasini sovg‘a qilgan edi.
Kurkatovuq ushbu bayramda oilaviy kechki ovqatning asosiy taomi hisoblangan. Biroq, 1980 yillarning oxiriga kelib, bu an’ana hazilga aylandi. Bu jarayonda kurka shukrona kuni munosabati bilan “afv” qilinadi va yashashiga ikkinchi imkoniyat beriladi.
Jo Bayden AQSh tarixidagi eng keksa prezident hisoblanadi. Bugun u o‘zining 81 yoshini nishonlamoqda. 2021 yil 20 yanvardan Amerika prezidenti vazifasini bajarmoqda.
36 yil davomida u Delaver shtatidan AQSh Senatida vakil bo‘lgan. Shundan so‘ng u 2009-2017 yillarda (Barak Obama ma’muriyatida) 47-vise-prezident lavozimida ishlagan.

Kiritildi: 20:41 20.11.2023. O'qildi: 1467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!