Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxdagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni shippak bilan kaltakladi

A A A
Jizzaxdagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni shippak bilan kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatidagi bog‘chalarning birida tarbiyachi bolalarni shippak bilan kaltaklagani aks etgan videolar tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga izoh berdi.

Unga ko‘ra, viloyat va tuman maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma va tuman mas’ullari tomonidan ishchi guruhi tuzilib, holat o‘rganildi. Aniqlanishicha, tasvirda aks etgan hodisa tashkilot tarbiyachisi tomonidan sodir etilgan.

DMTT tarbiyachisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, 2024 yil 19 iyun sanasidan e’tiboran egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Xizmat tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 18:57 20.06.2024. O'qildi: 1764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!