Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida o‘smir yigitni vagon ustida tok urdi, deb xabar bermoqda Millar informasion dasturi.
Hodisa 24 aprel kuni Marjonbuloq temir yo‘l stansiyasida sodir bo‘lgan. Aniqlik kiritilishicha, 7-sinfda o‘qiydigan 14 yoshli o‘quvchi rasmga tushish maqsadida vagon ustiga chiqqan va natijada uni tok urgan.
Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. O‘smirda tanasining 35–40% qamrab olgan ikkinchi va uchinchi darajali kuyish tashxisi qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.