Jizzaxda maktablarga elektron doskalar xaridi bo‘yicha tenderda g‘olib chiqarishni va’da qilib pul talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Ozod U” MCHJ ish yurituvchisi ariza bilan murojaat qilib, tanishi O.X. tenderda g‘olib qilib berish evaziga 85 mln so‘m talab qilayotganini bildirgan.
🔎 Tezkor tadbir davomida O.X. 85 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, ushbu mablag‘ning 30 mln so‘mi Paxtakor tumanidagi mas’ul xodimga berilishi kerakligi aniqlanib, u ham pulni olgan vaqtida qo‘lga olingan.
⚖️ Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.