Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Jizzaxda noqonuniy tarzda oltin qazigan 4 nafar fuqaroni tosh bosib qoldi. 2 kishi vafot etdi

A A A
Jizzaxda noqonuniy tarzda oltin qazigan 4 nafar fuqaroni tosh bosib qoldi. 2 kishi vafot etdi

Joriy yilning 26 yanvar kuni G‘allaorol tumanida yashovchi 4 nafar fuqaro hududdagi tog‘dan noqonuniy ravishda oltinli rudani qazishga kirishadi. Mazkur jarayonda ularni tosh bosib qolgan. Bu xaqda Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 26 yanvar kuni «Buloqboshi» qishloq fuqarolar yig‘ini Avliyo qishlog‘ida yashagan to‘rt nafar fuqaro aholi yashash joyidan taxminan 7-8 km uzoqlikda joylashgan tog‘ bag‘riga 12-15 metr qazib kirib ruda olishmoqchi bo‘lishgan. Qazish paytida fuqarolarni tosh bosib qolgan. 

Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro chuqurdan chiqa olmasdan vafot etgan.  Qolgan 2 nafari esa turli xil darajadagi sinish va boshqa tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
 

Kiritildi: 12:23 29.01.2021. O'qildi: 2223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!