Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Jizzaxda “Hududgaz” xodimi 6 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi

Jizzaxda “Hududgaz” xodimi 6 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi

⛽️“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali yetakchi mutaxassisi Jizzax shahrida faoliyat yurituvchi MCHJda o‘tkazilgan tekshiruvda nosoz gaz hisoblash uskunasidan foydalanilganligini aniqlab, bu bo‘yicha tegishli dalolatnoma tuzadi.

Afsuski, u o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, tuzilgan dalolatnomani bekor qilish hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Jizzax shahar bo‘limi tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik masalasini hal qilib berish evaziga MCHJ vakilidan 6 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ushbu “etakchi mutaxassis” so‘ralgan pul mablag‘ini “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali binosi oldida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, o‘tkazilgan laboratoriya tekshiruvi natijasiga ko‘ra, gaz hisoblagich tashqi ta’sir ko‘rsatilmagan holda nosoz holatga kelgan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dastlabki tergov harakatlari doirasida yetakchi mutaxassisni IJQKD Jizzax shahar bo‘limidagi “tanishi”ning shaxsiga aniqlik kiritilib, hozirda unga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Kiritildi: 18:58 03.11.2025. O'qildi: 1117 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!