Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jizzaxda fuqaroning ishonchiga kirish orqali uning nomiga kredit olgan firibgar aniqlandi

A A A
Jizzaxda fuqaroning ishonchiga kirish orqali uning nomiga kredit olgan firibgar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan DXX bilan hamkorlikda AT “Xalq banki” Jizzax viloyati filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.S. boshqa bir fuqaro T.ning ishonchiga kirib, uning nomiga yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etib, bank filialidan 150 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, kredit mablag‘i evaziga maishiy texnika va jihozlar sotib olib, o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:15 14.05.2022. O'qildi: 2338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!