Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Jizzaxda firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi

Jizzaxda firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi

Davlat tuzilmalarida korrupsion holatlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, Jizzax viloyati Qo‘riqlash boshqarmasining Jizzax shahar bo‘limi nazoratchisi ta’lim va maishiy xizmat ko‘rsatish sohalariga ixtisoslashgan ikkita MCHJ faoliyatida yuzaga kelgan soliq qarzdorligi va jarimalarni o‘zining tanishlari yordamida kamaytirib berish evaziga 500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u “xolis xizmatni” joriy yilning iyun oyiga qadar soliq tizimida inspektor lavozimida ishlagan tanishi orqali hal qilib berishi kerakligi aniqlanib, mazkur shaxs ham prosessual tartibda ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:00 29.08.2025. O'qildi: 668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!