Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Jizzax viloyatida 1,9 mlrd so‘m mablag‘lar “Keshbek” sifatida talon-toroj qilinganligi fosh etildi

Jizzax viloyatida 1,9 mlrd so‘m mablag‘lar “Keshbek” sifatida talon-toroj qilinganligi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar R.A., T.SH. hamda “B.R.” va “A.A.” MCHJ mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, go‘yoki 16,6 mlrd so‘mlik mahsulotlar yetkazib berilganligi haqida soxta ma’lumotlar rasmiylashtirib, go‘yoki savdodan tushgan pullarni nazorat kassa mashinalari orqali kirim qilib, fuqarolarga sotilganligi haqida 3 106 dona xarid cheklarini chiqarib, ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan fuqarolarga “Soliq Mobile” ilovasi orqali “Keshbek” sifatida to‘lab berib, 1,9 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:35 20.07.2026. O'qildi: 948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!