Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Jizzax va Samarqandda noqonuniy dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Jizzax va Samarqandda noqonuniy dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1993 y.t. 2 nafar fuqaro tegishli hujjatlari bo‘lmagan 400 dona “MISOPROSTOL” tabletkalari, 139 dona kapsulalar, 2 dona balzam va ularni qadoqlash uchun mo‘jallangan 26 dona qutilarni 5 000 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tezkor tadbir davomida Jizzax shahrida joylashgan ayollar fitness-klubi ham ko‘zdan kechirilib, u yerda qo‘lga olinganlar tomonidan tashkil qilingan yashirin sex aniqlandi. Mazkur sexda ushbu shaxslar turli xil dori vositalarini qo‘lbola usulda qadoqlash, taqsimlash va sotuvga tayyorlash bilan shug‘ullanib kelishgan.

Natijada, 1 dona qadoqlash uskunasi, sotuvga tayyorlangan jami 141 dona kapsulalar, 1 040 dona xitoy va ingliz tilida yozilgan soxta galogrammalar, 237 dona soxta shtrix kodlar, 1 014 dona bo‘sh kapsulalar, turli xildagi quti va paketlar prosessual tartibda rasmiylashtirildi.

DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Samarqand shahrida yashovchi, 1998 y.t., farmasevtika mahsulotlari chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJ menejeri Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan hamda tarkibida psixotrop moddalar mavjud bo‘lgan jami 9800 dona dori vositalarini shartli xaridorga 25 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Tegishli sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Buning natijasida inson sog‘lig‘iga putur yetishi, eng achinarlisi tuzatib bo‘lmas salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 09:13 22.10.2025. O'qildi: 656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!