Bugun 7 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp Eronga keskin talab qo‘ydi

Tramp Eronga keskin talab qo‘ydi

Tramp Eronni «shartsiz taslim bo‘lishga» chaqirdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida «Eron bilan shartsiz taslim bo‘lishdan boshqa hech qanday kelishuv bo‘lmaydi» deb yozdi.

Tramp taslim bo‘lish va yangi «maqbul rahbar (yoki rahbarlar) tanlanganidan so‘ng, ittifoqchilar va sheriklar bilan birgalikda Eronni iqtisodiy jihatdan avvalgidan ham kattaroq, yaxshiroq va kuchliroq qilish uchun tinimsiz mehnat qilamiz» deb qo‘shimcha qildi.

AQSh prezidenti Eronni «buyuk kelajak» kutayotganini ta’kidladi.

Bir kun oldin Tramp Eronning yangi rahbariyatini tanlashda ishtirok etishi kerakligini aytdi.

Avvalroq Rossiya Eronga Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy ob’ektlariga zarba berish uchun razvedka ma’lumotlari bergan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.

Kiritildi: 21:47 06.03.2026. O'qildi: 1599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!