Parijda fransuz kino yulduzi Jerar Depardye ustidan sud jarayoni davom etmoqda. Aktyor 2021 yilda “Yashil panjurlar” filmini suratga olish vaqtida ikki ayolga jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda ayblanmoqda. Bu haqda BBC yozgan.
Bor-yo‘g‘i uch kun davom etishi kerak bo‘lgan sud dastlab oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Depardyening sog‘lig‘i tufayli qoldirilgan edi.
Hozirgacha 20 ga yaqin ayol uni nomaqbul xatti-harakatda ayblagan bo‘lsa-da, bu Depardyega qarshi sudgacha borgan birinchi ishdir. Aybdor deb topilsa, Depardye besh yilga qamalishi va 81 ming dollargacha jarimaga tortilishi mumkin.
Seshanba kuni Depardyedan keyin prodyuser Ameli K. 2021 yilgi filmni suratga olish jarayonida aktyor uning tanasiga qo‘l tekkizganini aytdi. Shu bilan birga, u jinsiy xususiyatga ega bo‘lgan aniq so‘zlarni aytgan.
Biroq Depardye bu zo‘ravonlik ekanini inkor etmoqda.
Fransiyalik kino yulduzi, hozir 76 yoshda bo‘lgan Depardye so‘nggi yillarda jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan.
Depardye ustidan o‘tkazilgan sud jarayoni fransuz aktyorlarining fikrini ikkiga bo‘ldi. Ba’zilar uni himoya qilishi va sudda so‘zlashi kutilgan bo‘lsa, boshqalari ayblovni qo‘llab-quvvatlagan.
Dushanba kuni o‘nlab namoyishchilar Parijdagi sud binosi oldida to‘planib, ularning ko‘pchiligi jinsiy zo‘ravonlik qurbonlarini qo‘llab-quvvatlab, feministik shiorlarni aytishdi.
Depardye 2023 yilda Fransiyaning Le Figaro gazetasida chop etilgan ochiq xatida ham qonunbuzarlikni doimo rad etib keladi.