Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

JCH-2026. Xoland so‘nggi daqiqalarda Norvegiyani nimchorak finaliga olib chiqdi

JCH-2026. Xoland so‘nggi daqiqalarda Norvegiyani nimchorak finaliga olib chiqdi

Jahon chempionati–2026 1/16 finali doirasida Kot-d'Ivuar va Norvegiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Qiziqarli kechgan bahsda Norvegiya 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv AQShning Texas shtati, Arlington shahridagi «Ey-Ti-end-Ti» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bosh hakam vazifasini venesuelalik Xesus Valensuela bajardi.

Uchrashuvning 39-daqiqasida Antonio Nusa hisobni ochib, norvegiyaliklarni oldinga olib chiqdi. 74-daqiqada Amad Diallo hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv taqdirini esa 86-daqiqada Erling Xoland kiritgan gol hal qildi.

Shu tariqa, Norvegiya terma jamoasi Jahon chempionati 1/8 finaliga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda norvegiyaliklar Braziliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

JCH-2026. Final bosqichi. 1/16 final
30 iyun, 2026 yil
Kot-d'Ivuar — Norvegiya — 1:2
Gollar:
Nusa, 39 (0:1), Diallo, 74 (1:1), Xoland, 86 (1:2).

Kiritildi: 07:18 01.07.2026. O'qildi: 1024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!