Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

JCH-2026: O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlariga chiptalar narxi ma’lum bo‘ldi

JCH-2026: O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlariga chiptalar narxi ma’lum bo‘ldi

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi uchrashuvlar uchun chiptalar narxi rasman ma’lum qilindi.

Ayni paytda futbol muxlislari guruh bosqichidan o‘rin olgan o‘yinlar chiptalarini faol ravishda xarid qilishmoqda. Qayd etish joizki, chiptalarning sotuv platformalari va joylashuviga qarab narxlar quyida keltirilgan qiymatlardan farq qilishi mumkin.

Terma jamoamiz guruh bosqichidagi o‘yinlarining chiptalar narxi quyidagicha belgilangan:

O‘zbekiston — Kolumbiya
O‘tkazilish sanasi: 2026 yil 17 iyun
Chiptalar narxi: 577 dollardan 6 181 dollargacha

O‘zbekiston — Portugaliya
O‘tkazilish sanasi: 2026 yil 23 iyun
Chiptalar narxi: 692 dollardan 3 816+ dollargacha

O‘zbekiston — Kongo DR
O‘tkazilish sanasi: 2026 yil 27 iyun
Chiptalar narxi: 252 dollardan 1 964 dollargacha

Kiritildi: Bugun 14:20. O'qildi: 304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!