Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

JCH-2026 saralash. Argentina terma jamoasi Urugvayni mag‘lub etdi (video)

JCH-2026 saralash. Argentina terma jamoasi Urugvayni mag‘lub etdi (video)

21 martdan 22 martga o‘tar kechasi Jahon chempionati—2026 Janubiy Amerika saralash turnirining 13-tur doirasida Urugvay va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahs mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi yagona gol yarim himoyachi Tyago Almada hisobiga yozildi. U 68-daqiqada Urugvay darvozasini ishg‘ol qildi. Argentina terma jamoasi vingeri Nikolas Gonsales ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida qo‘pol fol uchun maydondan chetlatildi.

Hujumchi Lionel Messi mazkur uchrashuvda ishtirok etmadi.

Argentina terma jamoasi KONMEBOL saralash guruhida 28 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni egallab turibdi. Urugvay esa 20 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda joylashgan.

Kiritildi: 09:15 22.03.2025. O'qildi: 961 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!