Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

JCH-2026. Fransiya va Ispaniya o‘rtasidagi yarim final uchrashuvi 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi

JCH-2026. Fransiya va Ispaniya o‘rtasidagi yarim final uchrashuvi 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron JCH-2026 doirasida Ispaniyaga qarshi o‘yin oldidan bir daqiqalik sukut saqlanishini ma’lum qildi. Jahon chempionatining yarim final uchrashuvi seshanba, 14 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da bo‘lib o‘tadi.

"Fransiya va Ispaniya o‘rtasidagi o‘yin oldidan 2016 yil 14 iyuldagi Nissadagi terakt qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan bir daqiqalik sukut e’lon qilinadi. Fransiya iltimosiga ijobiy javob bergani uchun FIFA prezidentiga tashakkur bildiraman. Biz buni hech qachon unutmaymiz", - deb yozdi Makron X ijtimoiy tarmog‘ida.

2016 yil 14 iyul oqshomida Nissaning Inglizlar qirg‘og‘ida Bastiliya kuni sharafiga o‘tkazilgan pirotexnika shousini tomosha qilish uchun yig‘ilgan olomon ustiga yuk mashinasi haydalgan edi – guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi imkon qadar ko‘proq odamni bosib ketish uchun mashinani zigzag shaklida boshqargan. Terakt oqibatida 86 kishi halok bo‘lgan, yana 458 kishi tan jarohati olgan edi. Yuk mashinasi haydovchisi, tunislik Muhammad Lauej Bulel polisiya tomonidan yo‘q qilingan.

Kiritildi: 23:13 13.07.2026. O'qildi: 2186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!