Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

JCH-2026 finali: O‘zbek sporti yulduzlari qaysi jamoaga muxlislik qilmoqda?

JCH-2026 finali: O‘zbek sporti yulduzlari qaysi jamoaga muxlislik qilmoqda?

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining final uchrashuvi oldidan o‘zbekistonlik taniqli sportchilar qaysi terma jamoaga muxlislik qilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati (Olympic.uz) tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz sporti yulduzlarining hal qiluvchi bahs oldidan tanlovi ikkiga bo‘lingan.

Xususan, Ispaniya terma jamoasining g‘alabasiga ishonayotganlar ro‘yxatidan Hasanboy Do‘smatov, Abdumalik Xalokov, Lazizbek Mullojonov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Davlat Bobonov, G‘ulomjon Abdullayev, Bekzod Abdurahmonov, Murodjon Ahmadaliyev va Isroil Madrimov joy olgan.

Amaldagi chempion Argentina vakillarini esa Diyora Keldiyorova, Ruslan Nurudinov, Oksana Chusovitina, Ulug‘bek Rashitov hamda Akbar Jo‘rayev kabi sportchilarimiz qo‘llab-quvvatlamoqda.

Kiritildi: 19:45 19.07.2026. O'qildi: 1167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!