Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

JCH-2026 dan chiqib ketganidan so‘ng norvegiyalik hujumchiga o‘ldirish bilan tahdid qilinmoqda

JCH-2026 dan chiqib ketganidan so‘ng norvegiyalik hujumchiga o‘ldirish bilan tahdid qilinmoqda

Norvegiyalik hujumchi Aleksandr Syorlot 2026 yilgi jahon chempionatidan chiqib ketganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda tazyiqlarga uchradi. Chorak final bahsida skandinaviyaliklar Angliyaga qo‘shimcha vaqtda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

Futbolchining qiz o‘rtog‘i Lena Selnes ijtimoiy tarmoqlarda ularga kelayotgan tahdidlar haqida ma’lum qildi. Syorlot manziliga «ahmoq, o‘zingni o‘ldir», «men uni o‘ldirmoqchiman» kabi xabarlar yuborilgan. Shuningdek, hujumchiga tiriklay yonib ketish kabi qarg‘ishlar ham yog‘dirilgan.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Syorlot darvoza oldida qulay imkoniyatga ega bo‘lib turgan Erling Xolandga pas uzatmagan edi. Agar norvegiyaliklar bu vaziyatdan unumli foydalanishganda, hisobda 2:0 hisobida oldinga chiqib olishlari mumkin edi.

Kiritildi: 17:51 13.07.2026. O'qildi: 1322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!