Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jazoir Rossiyadan Su-57E samolyotini sotib olganini rasman tasdiqladi

Jazoir Rossiyadan Su-57E samolyotini sotib olganini rasman tasdiqladi

Jazoir ushbu beshinchi avlod qiruvchi samolyotining birinchi eksport mijoziga aylandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Jazoir uchun Su-57E qiruvchi samolyotlarining birinchi partiyasi oltitadan iborat bo‘ladi.

Su-57E eksport versiyasining narxi ommaga oshkor qilinmagan, ammo Rossiya Aerokosmik Kuchlari uchun bitta Su-57 ning narxi 35 million dollardan 50 million dollargacha deb taxmin qilinmoqda. Jazoir birinchi xorijiy mijoz bo‘lgan, ammo shartnoma bo‘yicha aniq raqamlar oshkor qilinmagan.

Avvalroq, BAA Prezidenti Muhammad bin Zayd Dubay aviasiya ko‘rgazmasida Rossiyaning Su-57E qiruvchi samolyotini ko‘zdan kechirgani xabar qilingandi.

Kiritildi: 20:15 18.11.2025. O'qildi: 877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!