Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Javohir Sindorov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi

Javohir Sindorov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi

Bugun, 17 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindorovni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlashga doir farmonni imzoladi.

Shaxmatchini kutib olish marosimida farmonni bosh vazir Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.

Ma’lumot uchun, 1995 yilda ta’sis etilgan ushbu orden bilan mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganlar, shuningdek, davlat va jamiyat ishlarida faol bo‘lgan tadbirkorlar va mutaxassislar taqdirlanadi.

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining qirq karrasi miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar va qonunchilikda belgilab qo‘yiladigan imtiyozlardan foydalanadilar.

Kiritildi: Bugun 16:31. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!