Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

FIFA Eronning JCH-2026da ishtirok etishi bo‘yicha bayonot berdi

FIFA Eronning JCH-2026da ishtirok etishi bo‘yicha bayonot berdi

FIFA prezidenti Janni Infantino Eron terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishini tasdiqladi.

“Eron mundialda ishtirok etadi. Bu aniq. Umid qilamizki, turnir boshlanguniga qadar vaziyat barqarorlashadi. Terma jamoa kelib, o‘z mamlakatini munosib tarzda namoyon etishi kerak. Futbolchilar o‘ynashni istaydi. Sport siyosatdan tashqari bo‘lishi lozim”, — dedi Infantino.

Ma’lumot uchun, Eron guruh bosqichida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:46 16.04.2026. O'qildi: 1764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik