AQSh Eronga qarshi yangi “Iqtisodiy g‘azab” operasiyasini boshlaganini ma’lum qildi.
Bu haqda Pit Xegset matbuot anjumanida bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalgi harbiy harakatlarga qo‘shimcha ravishda Skott Bessent rahbarligida iqtisodiy bosim keskin kuchaytiriladi.
«Amerika hukumati bo‘ylab Eronga nisbatan iqtisodiy bosim maksimal darajaga chiqariladi», — dedi Xegset.
Shuningdek, u AQSh zarurat tug‘ilsa harbiy amaliyotlarni yanada kuchli shaklda qayta boshlashga tayyorligini bildirdi.
Pentagon rahbari Eron portlari blokadasi ham kerak bo‘lgan muddatgacha davom etishini tasdiqladi.