O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov oktyabr oyi oxirida AQShda o‘tkaziladigan kuchli turnirda ishtirok etadi.
Olimpiada chempioni 27–29 oktyabr kunlari Sent-Luis shahrida tashkil etiladigan Clutch Chess: Champions Showdown 2026 musobaqasida dona suradi.
Turnir tarkibi ancha kuchli bo‘lib, Sindorov bilan birga Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana va Rameshbabu Praggnanandha kabi jahonning yetakchi shaxmatchilari ham ishtirok etadi.
Musobaqa tezkor shaxmat formatida o‘tkaziladi. Dasturdan jami 18 ta partiya o‘rin olgan.
Har bir bahsda shaxmatchilarga 10 daqiqadan vaqt beriladi. Har bir yurishdan keyin esa qo‘shimcha 5 soniya qo‘shib boriladi.