Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidan Jarqo‘rg‘on tumaniga kelin bo‘lib tushgan Sabina Sobirova(ism familiyasi o‘zgartirilgan) sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishmovchilik sabab bir yoshli qizalog‘i bilan ota uyiga kelishga majbur bo‘lgan.
Farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi ijobiy hal qilinib, sudning ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga besh oy avval qabul qilingan edi.
Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochilari qarzdor otadan yig‘ilib qolgan besh oylik farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment pulini talab qilib, uning yashash xonadoniga borildi hamda ijro hujjati mazmuni va uning huquqiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.
Shundan so‘ng, qarzdor ota sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishib, aliment to‘lovlarini farzandining moddiy ta’minotini yaxshilash maqsadida oldindan to‘lab berishga qaror qildi va 95 million so‘mni naqd to‘lab berdi.
Sabina Sobirova oldindan to‘lab berilgan alimentni farzandining kelajagi yo‘lida maqsadli foydalanishini bildirib, ijro hujjatini bo‘lim ish yurituvidan arizasiga asosan qaytarib oldi.