Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Jarima ballari 1 iyundan kuchga kiradi

Jarima ballari 1 iyundan kuchga kiradi

Yo‘l harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, MJtKdagi 12 ta modda bo‘yicha jarima ballari miqdori tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, jarima ballari faqat YHXX inspektori tomonidan bevosita rasmiylashtirilgan qarorlar asosida belgilanadi. Bu degani foto va videokameralar hamda radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblanmaydi.

Bir yil davomida 12 balldan oshiq jarima bali yig‘gan haydovchiga ma’muriy jazo qo‘llash uchun ishi sudga oshiriladi. Bunda qo‘shimcha jazo tariqasida haydovchi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmasligi kerak.

12 oy davomida qoida buzmagan haydovchilarga esa rag‘batlantirish sifatida keyingi yilda sodir etgan birinchi qoidabuzarligi uchun jarima yozilmaydi.

6 oy davomida qoida buzmagan haydovchidan rag‘batlantirish tarzida 2 jarima bali chegirib tashlanadi.

Kiritildi: 13:29 09.05.2025. O'qildi: 656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!