JAR o‘z fuqarolarining Rossiya armiyasi safida Ukrainaga qarshi jang qilayotgani yuzasidan tergov boshladi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Agentlik manbalariga ko‘ra, tergov jarayonini boshlash to‘g‘risidagi buyruq Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa tomonidan berilgan. Tergov 17 nafar janubiy afrikalik “Donbassda tuzoqqa tushib qolganini” aytib, JAR hukumatidan yordam so‘raganidan keyin boshlandi.
"Janubiy Afrika Respublikasi hukumati bu shaxslarni ortga qaytarish uchun diplomatik kanallar orqali ish olib bormoqda. Janubiy afrikaliklar urushga “foydali shartnomalar” bilan aldangan holda yollangan", deyiladi Ramafosa ma’muriyati bayonotida.
Janubiy Afrika Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, fuqarolarning xorijiy hukumatlarga harbiy yordam ko‘rsatishi yoki JAR hukumati ruxsatisiz boshqa davlatlarning harbiy harakatlarida ishtirok etishi noqonuniy hisoblanadi.
Bu shaxslar qaysi tomonda jang qilgani haqida prezident ma’muriyati ma’lumot bermagan. Ammo 2022 yildan beri mahalliy ommaviy axborot vositalari janubiy afrikaliklarning Rossiya tomonidan urushda qatnashish uchun yollanayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan.
2024 yil sentyabr oyida Business Insider Africa nashri Keniya hukumati ham urushga yollash holatlari yuzasidan tergov boshlaganini yozgandi.