JAR shimolida an’anaviy musiqa va raqs festivali chog‘ida yashin urishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 150 kishi jarohatlandi.
EWN’ning Shimoli-g‘arbiy viloyat tibbiyot ma’muriyatiga tayanib xabar berishicha, 13 kishi og‘ir ahvolda, 49 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Qolganlarga birinchi yordam ko‘rsatilib, uylariga javob berilgan.