Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"Buyuk davlatlar tom ma’noda xohlagan ishini qilishmoqda"

"Buyuk davlatlar tom ma’noda xohlagan ishini qilishmoqda"

Slovakiya Bosh vaziri Fiso Venesueladagi AQSh operasiyasi haqida o‘z fikrini bildirdi

- Agar mamlakat katta va qudratli bo‘lsa, u nodemokratik va adolatsiz harakat qiladi. Yoki u demokratik va adolatli harakat qilishni istasa, u katta yoki qudratli bo‘lishni to‘xtatadi. Bugungi kunda buyuk davlatlar tom ma’noda xohlagan narsasini qilishmoqda. Ular xalqaro huquqning mavjudligini va uni hurmat qilish zaruratini butunlay yo‘q qilishdi;

- Afsuski, BMT og‘ir ahvolda. BMT Xavfsizlik Kengashi esa "tishsiz". Slovakiya kabi kichik davlatlarning qo‘lidan faqat kuzatish keladi.

- Men aslida AQSh prezidenti Donald Trampga minnatdorchilik bildirishim kerak. U o‘z qarorini Bayden ma’muriyati yoki avvalgi AQSh prezidentlari kabi demokratiyani yoyish yoki inson huquqlarini himoya qilishning yolg‘on zarurati bilan oqlamadi. U Venesuela neftini nazorat qilish va Amerika kompaniyalarining Venesuela neft sanoatiga kirib borishi haqida ochiqchasiga gapirdi.

Kiritildi: 23:28 05.01.2026. O'qildi: 10213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik