Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Germaniya kanslerini xuddi Maduro kabi o‘g‘irlash kerakligini aytdi, deb yozmoqda DW.
Dmitriy Medvedev TASS agentligiga bergan bayonotida Qo‘shma Shtatlarning Venesueladagi harakatlariga o‘xshash tarzda boshqa jahon yetakchilarining ham o‘g‘irlab ketilishi ehtimoldan xoli emasligini aytib, potensial nishonlar qatorida Germaniya kansleri Fridrix Mersni tilga oldi.
Rossiyaning sobiq prezidenti Mersni “neonasist” deb atab, uni “qo‘lga olish” uchun ayrim asoslar borligini da’vo qilgan, biroq u aynan nimani nazarda tutganiga aniqlik kiritmagan.
"Biz bunday tahdidlarni qat’iy tarzda qoralaymiz. Germaniya kansler Fridrix Mersning qo‘riqlanishini kuchaytirishni zarur deb hisoblamaydi, chunki uning xavfsizligi uchun mas’ul xodimlar “dunyodagi eng yaxshilardan” hisoblanadi", — deya ta’kidladi Germaniya hukumati rasmiy vakili Sebastyan Hille.