5 yanvar kuni Venesuela hukumati mamlakat Qurolli kuchlari safarbar etilishini ma’lum qildi hamda neft sanoati va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari xodimlari uchun “harbiy rejim” joriy etdi. Tegishli hujjat mamlakatning huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.
Xavfsizlik kuchlariga AQSh hujumini qo‘llab-quvvatlagan shaxslarni mamlakat bo‘ylab aniqlash va ushlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Shuningdek, farmon mamlakatning quruqlik, havo va dengiz chegaralarida nazorat hamda qo‘riqlashni kuchaytirishni nazarda tutadi.
Mazkur farmon e’lon qilingan kundan boshlab 90 kun davomida amal qiladi.
Qayd etish joizki, hujjat 3 yanvar sanasi bilan rasmiylashtirilgan bo‘lib, uning ostida prezident Nikolas Maduroning, shuningdek vise-prezident va hukumat a’zolarining imzolari mavjud.