2026 yilning 1 yanvaridan boshlab soha vakillarining maoshlari sezilarli darajada oshirildi.
Ya’ni, tibbiyotchilarning oylik maoshlari o‘rtacha 15 foizdan 30 foizgacha oshirilishi ko‘zda tutilgan.
KPI tizimida ham ish samaradorligi va davolash natijalariga qarab beriladigan rag‘batlantirish to‘lovlari maoshning 50 foizigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etishi mumkin.
Hamshiralar va kichik tibbiy xodimlarning ish haqi o‘rtacha 20 foizga oshirish ko‘rsatilgan.
Bu haqda prezidentning 09.11.2025 yildagi "Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida"gi qarorida qayd etilgan.