Kolumbiya prezidenti Gustavo Petroning boshqa bayonotlari:
◾️ AQSh insoniyat tarixida Janubiy Amerika mamlakatining poytaxtini bombardimon qilgan dunyodagi birinchi davlatga aylandi. Bu dahshatli “unvon”, chunki janubiy amerikaliklar buni uzoq yillar davomida unutmaydi;
◾️ Garchi men hech qachon professional harbiy bo‘lmagan bo‘lsam-da, urush va harbiy faoliyat nima ekanini bilaman. 1989 yilgi tinchlik kelishuvidan keyin endi hech qachon qo‘limga qurol olmaslikka qasam ichgan edim, ammo Vatanimni himoya qilish uchun yana qo‘limga qurol olaman;
◾️ Agar siz xalqining katta qismi sevib, hurmat qiladigan prezidentni hibsga olsangiz, ularning qo‘zg‘olon boshlashiga sabab bo‘lasiz;
◾️ Endilikda Kolumbiyadagi har bir askar uchun doimiy buyruq mavjud: qurolli kuchlar qo‘mondoni Kolumbiya bayrog‘i o‘rniga AQSh bayrog‘ini afzal ko‘rsa, u zudlik bilan armiyadan chetlatiladi.
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Kolumbiya yetakchisi Gustavo Petroni giyohvand moddalar ishlab chiqarishda aybladi va unga nisbatan Venesuela prezidenti bilan sodir bo‘lganiga o‘xshash ssenariy takrorlanishi mumkinligini inkor etmagan edi.