Venesuela hozirda 161 tonna oltin zaxirasiga ega.
161 tonna — bu taxminan 5,18 million troy unsiya bo‘lib, bir unsiya narxi $4 300 deb hisoblanganda, umumiy qiymati qariyb $22 mlrdni tashkil etadi.
Bu ko‘rsatkich Venesuelani Lotin Amerikasida eng katta oltin zaxiralariga ega davlatga aylantiradi. Oltin narxi har $100ga oshganida, ushbu zaxiralar qiymati taxminan $518 mlnga o‘sadi.