Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatda davlat tilidan foydalanishga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda barcha amaldorlar qirg‘iz tilini hukumat belgilagan darajada bilishlari shart.
Shuningdek, qonunda davlat tilidan rasmiy hujjatlarda, reklamalarda, xaritalarda hamda davlat va xususiy muassasalar ishida foydalanish majburiyati kuchaytirilgan.
Barcha, xususan, migrasiya, televideniye, saylov va milliy xavfsizlik sohalarida rasmiy jarayonlar qirg‘iz tilida o‘tkazilishi shart.
Shu yilning 25 iyunida Jogorku Kenesh bu borada tegishli qonunni qabul qilgandi. Mamlakat konstitusiyasiga ko‘ra, Qirg‘izistonda qirg‘iz tili davlat tili, rus tili esa rasmiy til hisoblanadi.