Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Japarov milliarderlarni pullarini qaytarishga chaqirdi

Japarov milliarderlarni pullarini qaytarishga chaqirdi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Kabar» agentligiga bergan intervyusida Qirg‘izistonda milliarderlar va 200 millioner yashayotganini, ularning mablag‘larining katta qismi ofshorlarda saqlanayotganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha qabul qilingan qonunga qaramay, ularning hammasi ham kapitalni o‘z vataniga qaytarish imkoniyatidan foydalanmagan.

Qisman olib kelib, qurilish sohasiga pul tikayotganlar ham bor. Men ularga: «[pulni] olib kelishdan qo‘rqmanglar, loyihalarda ishtirok etinglar», deb aytardim. Biz [tashabbuschilarni] tarafdor va muxolifatga ajratmasdan, iqtisodiyot va davlatga foyda keltiradigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz, — dedi Japarov.

Mamlakat taraqqiyotiga sarmoya kiritishga tayyor bo‘lganlarga davlat yordam berishga tayyorligini ta’kidladi.

Misol tariqasida Japarov 20 million dollarlik mulkni o‘zi qonuniylashtirganini aytdi. U Bishkekdagi 2005 yildan 2010 yilgacha qurilgan binoni qonuniylashtirganini qayd etdi.

Prezident 2023 yil iyun oyida «Jismoniy shaxslarning mol-mulkini ixtiyoriy ravishda legallashtirish va amnistiya qilish to‘g‘risida»gi qonunni imzolagan edi.

Rasmiylar uning maqsadini ixtiyoriy deklarasiyalashning huquqiy mexanizmini yaratish orqali mulk va daromadlarni qonuniy muomalaga jalb qilish ekanligini tushuntirdi.

Kiritildi: 04:25 04.10.2024. O'qildi: 4276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!