Janubiy Sudanda samolyot havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay, yerga sho‘ng‘idi. Hodisa oqibatida 18 inson hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda BMTning Janubiy Sudandagi missiyasi (UNMISS) radiostansiyasi “Radio Miraya News” xabar tarqatdi.
Samolyot Uniti shtati hududidagi neft koni yaqinida qulagan. Afsuski, omon qolgan uch fuqaroning ham ahvoli og‘ir.