Janubiy Koreya portlaridan Rossiyaga yo‘l olgan tankerlarga iyul va avgust oylarida 176 ming tonnadan ortiq yoqilg‘i yuklangan. Bu haqda The Guardian port hujjatlari va kemalar harakati ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 7 ta tanker Rossiyaning Uzoq Sharqiga 14 marta qatnov amalga oshirgan. Ularning uchtasi Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya sanksiyalari ostida bo‘lgan.
Ayrim hujjatlarda kemalarning yakuniy manzili sifatida Yaponiya yoki Singapur ko‘rsatilgan, ammo keyinchalik ular Vladivostok tomon harakatlangan.
CREA tahliliga ko‘ra, avgust oyida Rossiya dengiz orqali qariyb 368 ming tonna neft mahsulotlari import qilgan. Bu iyul oyiga nisbatan 7 barobar ko‘p. Janubiy Koreya qariyb 112 ming tonna yetkazib berish bilan Hindistondan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan.
Tahlilchilar bunday yetkazib berishlar Rossiyaga qarshi sanksiyalarning samaradorligiga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidlagan. Biroq ushbu operasiyalar Janubiy Koreya qonunlarini buzmagan, chunki Seulning Rossiyaga qarshi amaldagi cheklovlari asosan sanoat mahsulotlari, elektronika va boshqa tovarlar eksportiga qaratilgan.