Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Janubiy Koreyada toshqinlar oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreyada toshqinlar oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreyada yog‘ingarchilik va toshqinlar sababli kamida 23 kishi halok bo‘ldi, yana besh nafar fuqaro bedarak yo‘qolganlar sifatida qayd etilgan.

The Hankyoreh nashrining xabar berishicha, bu haqda mamlakatning Ma’muriy boshqaruv va xavfsizlik vazirligi ma’lumot bergan.

Eng ko‘p qurbonlar Kyonsan-Namdo viloyatida qayd etilgan — 13 kishi. Shuningdek, Kyongido — 6 nafar, Chxunchxon-Namdo — 3 nafar va Kvandju shahrida 1 nafar halok bo‘lgan.

Kapxen tumanida esa 3 kishi daryoning kuchli oqimi olib ketgani sababli bedarak yo‘qolgan.

Bundan tashqari, kuchli yomg‘ir va toshqin oqibatlaridan so‘ng 2,200 dan ortiq odam o‘z uylariga qaytib ketolmayapti — ular vaqtincha evakuasiya qilingan.

Kiritildi: 18:21 24.07.2025. O'qildi: 640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!