Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Janubiy Koreyada sobiq prezident Yun Sok Yolni hibsga olish jarayoni boshlandi

Janubiy Koreyada sobiq prezident Yun Sok Yolni hibsga olish jarayoni boshlandi

Bu haqda 6 iyul kuni mamlakat Bosh prokuraturasi vakili Pak Ji Yon brifingda ma’lum qildi, deya xabar beradi "Renhap" agentligi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ish tafsilotlari sud majlisida ma’lum qilinadi. May oyida maxsus prokuratura sobiq prezidentni hibsga olish uchun order so‘ragan edi, ammo u rad etildi.

2024 yil dekabr oyida Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat e’lon qildi, shundan so‘ng hukumat unga impichment e’lon qildi. Sobiq prezident isyon uyushtirganlikda ayblanib, yanvar oyida hibsga olingan. Mart oyida Seul sudi Yun Sok Yolni hibsdan ozod qildi,

Qayd etilishicha, endilikda Yun Sok Yolga qarshi tergov “ehtimoliy ichki isyon” ishi doirasida olib borilmoqda.

Kiritildi: 20:45 06.07.2025. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!