Koreya hukumati Xitoyning Sariq dengizda ikki davlatning eksklyuziv iqtisodiy zonalari kesishgan hududdan kemalar o‘tishini taqiqlash qaroridan xavotirda.
Bu haqda Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligiga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi .
“O‘tish chora-tadbirlari zonasi” doirasida kemalarsiz zonaning belgilanishi xavotirga sabab bo‘lmoqda. Chunki bu navigasiya erkinligiga keraksiz cheklovlar qo‘yadi", dedi Seul.
Janubiy Koreya o‘z pozisiyasini Pekinga diplomatik kanallar orqali yetkazdi. Agentlikning ta’kidlashicha, Koreya rasmiylari bunday harakatlar xalqaro dengiz qonunchiligini buzganligini tekshirish niyatida.