Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

SpaceX bilan shartnomalarni bekor qilinishi AQShni Rossiyaga qaram qiladi

SpaceX bilan shartnomalarni bekor qilinishi AQShni Rossiyaga qaram qiladi

AQSh prezidenti Donald Trampning Ilon Mask bilan ziddiyatlari tufayli SpaceX bilan shartnomalarini bekor qilishi koinotda Rossiyaga qaramlikka olib keladi.

Bu haqda Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) qoshidagi Aerokosmik xavfsizlik loyihasi direktori o‘rinbosari Kleyton Svoupning xatiga tayanib, Newsweek xabar berdi.

"SpaceX bilan ishlashning to‘xtatilishi bugungi kunda mavjud bo‘lgan boshqa variantlar bilan to‘ldirib bo‘lmaydigan katta bo‘shliqni qoldiradi", — deyiladi maktubda.

Shuningdek, eng katta zarar koinotning uchirilishi va xalqaro kosmik stansiyalarga xizmat ko‘rsatishga yetkazilishi qayd etilgan. NASA kosmik stansiyaga yetib borish va qaytish uchun yana Rossiyaga murojaat qilishi kerak bo‘ladi.

Tadbirkor Ilon Mask bilan ziddiyatdan keyin AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika hukumati biznesmenga tegishli kompaniyalar bilan tuzilgan davlat shartnomalarini baholashini aytdi. Avvalroq The New York Times gazetasi 2024 yilda Mask kompaniyalari 17 ta davlat idoralari bilan tuzilgan 100 ta shartnoma bo‘yicha 3 milliard dollarga yaqin mablag‘ olgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: Bugun 11:43. O'qildi: 779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!