Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya aerodromlariga hujum qilgan dronlarni tashigan yuk mashinalari haydovchilarining hech nimadan xabari bo‘lmagan

Rossiya aerodromlariga hujum qilgan dronlarni tashigan yuk mashinalari haydovchilarining hech nimadan xabari bo‘lmagan

Bu haqida Ukraina prezidenti malum qildi.

"Ular shunchaki o‘z ishlarini qilishgan", — dedi Zelenskiy ABC News telekanaliga bergan intervyusida.

Uning aytishicha, “O‘rgimchak to‘ri” operasiyasida ishlatilgan dronlar maxsus, suriluvchi tomga ega konteynerlar ichida yashirilgan bo‘lgan. Belgilangan joyga yetkazilgach, konteynerlarning tomlari masofadan turib ochilgan va dronlar havoga uchirilgan hamda operasiya amalga oshirilgan.

Zelenskiyga ko‘ra, Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) “O‘rgimchak to‘ri” operasiyasida faqat Ukrainada ishlab chiqarilgan qurollardan foydalangan va g‘arb texnikasini ishlatmagan.

Kiritildi: Bugun 12:46. O'qildi: 1139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!