AQSh Immigrasiya va bojxona xizmati TikToker Xabi Leymni Las-Vegas aeroportida viza rejimini buzgani uchun hibsga oldi.
Bu haqda Agence France-Presse (AFP) hukumat hujjatlariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, TikToker Las-Vegasdagi Garri Rid xalqaro aeroportida vizasi muddati o‘tgani sababli qo‘lga olingan. Qisqa hibsdan so‘ng unga ixtiyoriy ravishda AQShni tark etishga ruxsat berildi.
TikTok ijtimoiy tarmog‘i ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik bloger Leym ilovadagi obunachilar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab, 162 milliondan ortiq obunachiga ega.