Bugun 6 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Janubiy Koreya o‘zbekistonliklarga cheklov qo‘ymaydi

Janubiy Koreya o‘zbekistonliklarga cheklov qo‘ymaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga cheklov qo‘ygani haqida xabarlar taqaldi.

Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizimati rahbari Jamoliddin Qalandarov quyidagilarni ma’lum qildi.

Gap shundaki, hozirgi kunda Janubiy Koreyadagi iqtisodiy o‘zgarishlar tufayli, jumladan, yurtdoshlarimiz ish joyini sababsiz tark etish holatlari ko‘p kuzatilmoqda. Afsuski, bir kishi qilgan xato ko‘pchilikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Natijada ishchi migrantlar uchun ajratilayotgan kvotalar soni kamayadi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, ayni payt Koreyada nolegal yurgan O‘zbekiston fuqarolari 9,6 foizga yetgan. Agar bu 10 foizga chiqadigan bo‘lsa, mazkur davlat biz bilan migrasion aloqa tizimini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

Darhaqiqat, 2024 yil Janubiy Koreyaga E-9 vizasi bilan ishlash uchun 3080 nafar fuqaromiz yuborilgan bo‘lib, bu raqam 2023 yilga nisbatan ancha pasaygan.

Qayd etilishicha, bu vaziyat faqat o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq emas, boshqa davlatlardan borganlar uchun ham shunday choralar ko‘rilyapti. Masalan, Nepal ushbu mamlakatga yuborgan migrantlar soni bir yilda 19 758 kishidan 7081 nafarga kamaygan.

Shu o‘rinda aytish kerak, yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz sabab, Koreyada ko‘plab kompaniyalar o‘zlarini bankrot, deb e’lon qilmoqda.

Shundan kelib chiqib, agentlik mutaxassislari ushbu davlatda bo‘lib turgan yurtdoshlarimizdan mehnat intizomiga, shartnomada ko‘rsatilagan talablarni to‘liq bajarishga, qonunlarni buzmaslikka chaqiradi.

Hozir tashkilot tomonidan ilgari surilayotgan ko‘nikma va moslashuvni kuchaytirishga qaratilgan dasturlar yuqoridagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.

Zero, bu sohadagi kelgusi aloqalar uchun juda muhim hisoblanadi.

Kiritildi: 23:02 19.01.2025. O'qildi: 748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!