Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Janubiy Koreya Qozog‘iston, O‘mon va Saudiyaga diplomatik vakillarini yuboradi

Janubiy Koreya Qozog‘iston, O‘mon va Saudiyaga diplomatik vakillarini yuboradi

Janubiy Koreya Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi inqiroz sababli Qozog‘iston, O‘mon va Saudiyaga diplomatik vakillarini yuboradi.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashishdagi uzilishlar tufayli Janubiy Koreya neft yetkazib berishni ta’minlash uchun Qozog‘iston, O‘mon va Saudiya Arabistoniga o‘z maxsus vakillarini yuborishini ma’lum qildi.

Maxsus vakillar mahsulotlarni mamlakat portlariga yetkazish va tibbiy buyumlar kabi muhim tovarlar ta’minoti barqarorligini saqlash bo‘yicha hukumatlar, energetika kompaniyalari va kema operatorlari bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Janubiy Koreya prezidentining matbuot anjumanida ta’kidlashicha, mamlakat xom neftning qariyb 61 foizini aynan Ho‘rmuz yo‘nalishi orqali oladi.

Prezident ma’muriyati rahbari Kan Xun Sikning so‘zlariga ko‘ra, BAA bilan tuzilgan 24 million barrellik kelishuv doirasida o‘tgan oy sotib olingan neft allaqachon Janubiy Koreya portlariga yetib kela boshladi.

Hukumat, shuningdek, hozirda Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kutib turgan Janubiy Koreya bayrog‘i ostidagi 26 ta kemaning xavfsiz o‘tishini ta’minlash uchun xalqaro hamkorlar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Kiritildi: Bugun 18:00. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!