Bugun 2 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Janni Infantino: "Messi futbolni qayta kashf etdi va millionlarni ilhomlantirdi"

Janni Infantino: "Messi futbolni qayta kashf etdi va millionlarni ilhomlantirdi"

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan Lionel Messiga minnatdorlik bildirdi.

Kecha 39 yoshli Messi milliy terma jamoadagi faoliyatiga nuqta qo‘yganini ma’lum qildi.

"Lionel Messini millionlab insonlarni ilhomlantirgan va ushbu go‘zal o‘yinni qayta kashf etgan yorqin xalqaro faoliyati bilan tabriklayman. 2022 yilgi jahon chempioni, Argentina terma jamoasi safida o‘yinlar va gollar soni bo‘yicha, shuningdek, Jahon chempionatlarida maydonga tushish bo‘yicha mutlaq rekordchi — sening sehrli iste’doding va kamtarliging doimo yodda qoladi.

Argentina terma jamoasi libosidagi barcha unutilmas lahzalar hamda sayyoramizning barcha burchaklaridagi muxlislarni birlashtirganing uchun tashakkur. Safaringning keyingi bosqichida senga eng ezgu tilaklarimni bildiraman", – deb yozdi Infantino.

Kiritildi: 18:38 01.09.2026. O'qildi: 393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!